Mualliflik haqi va boshqa haq toʻlash turlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (8-son)
08.01.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 10-martdagi PQ-24-son qaroriga va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek ijodiy jarayonni yanada ragʻbatlantirish va faollashtirish, xalqimizning maʼnaviy-axloqiy anʼanalarini tiklash va yanada rivojlantirish, badiiy jihatdan yuksak asarlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fan, adabiyot va sanʼat asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratish boʻyicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek ushbu haq Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga toʻlanganda uning eng yuqori stavkalari 2-ilovaga muvofiq;
Dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari hamda ushbu haq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanganda uning eng yuqori stavkalari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari 4-ilovaga muvofiq;
Kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qoʻshiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari 5-ilovaga muvofiq;
Kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari 6-ilovaga muvofiq;
Kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga koʻra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka uchun haqning eng kam stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2007-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilansinki, mualliflik haqini va boshqa haq toʻlash turlarini ushbu qarorning 1—7-ilovalarida belgilangandan kam miqdorda toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, ijodiy uyushmalar hamda mualliflik haqini va boshqa haq toʻlash turlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga toʻlaydigan boshqa tashkilotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga xarajatlarni qatʼiy ravishda har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 1—7-ilovalarga muvofiq mualliflik haqini va boshqa haq toʻlash turlarini toʻlash tartibini tartibga soluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “1993-yilning 1-iyulidan boshlab mualliflik, sahnalashtirish va ijrochilik haqlari stavkalari va miqdorlarini oshirish haqida” 1993-yil 23-iyundagi 307-son qarori hamda qarorga ilova 2007-yil 1-fevraldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-yanvar,
8-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 1-ILOVA
Fan, adabiyot va sanʼat asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari
1. Bitta kitobning boshlangʻich narxi (qiymati)dan foiz stavkalari tarzida toʻlanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari
2. Eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha toʻlanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari
3. Asarlar reprografiyasi uchun A-4 (30x21 cm) oʻlchamli bitta sahifa uchun mualliflik haqining eng kam oylik ish haqi boʻyicha eng kam stavkalari
Izohlar:
1. Mualliflik tobogʻi — 40000 bosma belgilarga, sheʼriy asarlarni nashr etishda 700 satrga, grafik materialni (rasmlar, diagrammalar, jadvallar, musiqa notalari va hokazolar) nashr etishda 3000 kv. santimetrga teng boʻlgan nashr etiladigan asar hajmini oʻlchash birligi. Harflar, tinish belgilari, raqamlar va boshqalar hamda soʻzlar oʻrtasidagi har bir oraliq bosma belgilar hisoblanadi.
2. Kitobning birlamchi narxi (qiymati) (mualliflik haqi foizlarda hisoblab chiqilganda) — kitoblar turkumini (tirajini) sotish uchun savdo shoxobchasiga berish kunida nashriyot tomonidan belgilangan kitobning narxi (sotuvchining savdo ustamasini hisobga olmasdan).
3. Tiraj normasi — nashr etishda mazkur ilovada yoki shartnomada nazarda tutilgan bir tarif stavkasi miqdorida mualliflik haqi toʻlanadigan kitoblar soni.
4. Oraliq tarjima — original asarning toʻgʻridan toʻgʻriboʻlmagan tarjimasi, yaʼni ilgari boshqa tilga tarjima qilingan asar matnini tarjima qilish.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 2-ILOVA
Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik adabiy asarlar yaratish boʻyicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek ushbu haq Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga toʻlanganda uning eng yuqori stavkalari
1. Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratishga buyurtmalarni bajarganlik uchun mualliflik haqi stavkalari
Izohlar:
1. Bir pardali opera, balet, operetta, musiqali komediya, musiqali dramaga asarning ahamiyatliligiga qarab haq toʻliq miqdorining 45 foizidan 75 foizigacha haq toʻlanadi.
2. Simfonik va xalq, duxovoy va boshqa orkestrlar uchun instrumental ilovalarga original asar uchun haq toʻliq miqdorining 50 foizigacha miqdorda haq toʻlanadi.
3. Xalq qoʻshiqlarini qayta ishlash va qoʻshiqlar aranjirovkasi uchun original asar uchun muallif haqi miqdorining 50 foizigacha miqdorda haq toʻlanadi.
2. Haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqi stavkalari
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 3-ILOVA
Dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari hamda ushbu haq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanganda uning eng yuqori stavkalari
Izoh:
Sahnalashtiruvchi guruh (sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, dirijyor, kiyimlar boʻyicha rassom, sahnalashtiruvchi rassom) ushbu ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha haqni faqat birinchi sahnalashtirishi uchun oladi.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari
Izoh:
Ushbu ilovaning maqsadlari uchun maxsus buyurtma (akkord) materiallar deyilganda quyidagilar tushuniladi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining maxsus buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, rasmiy tashriflar, safarlar, matbuot konferensiyalari, bayonotlar, maʼruzalar, uchrashuvlar, nutqlar), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati toʻgʻrisida, shuningdek muhim rasmiy tadbirlar, xalqaro voqealar toʻgʻrisida, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy, sport sohalaridagi muhim voqealar hamda chet ellarda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan materiallar.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 5-ILOVA
Kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qoʻshiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari
1. Badiiy kinofilmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
2. Multiplikatsion filmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
Izoh:
Multiplikatsion filmning bitta qismi 10 daqiqadan iborat boʻladi.
3. Hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv, voqeali kinofilmlar va kinojurnallarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
3.1. Materialni oldindan oʻrgangan va toʻplagan holda,shuningdek suratga olish joyini va obyektlarini oʻrgangan holda mavzuni mustaqil ravishda original tarzda ijodiy hal qilish bilan bogʻliq ssenariylar:
3.2. Mazmuni asosan suratga olinayotgan voqea materiali bilan aniqlanadigan kinofilmlar ssenariylari:
4. Toʻla metrajli kinofilmlar uchun qoʻshiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
5. Kinofilmlar uchun original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
5.1. Toʻla metrajli badiiy kinofilmlarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
5.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, publitsistik, ilmiy-ommabop va voqeali xronikal-hujjatlar kinofilmlarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
6. Ushbu ilovada belgilangan haq toʻlashning eng kam stavkalari video-telefilmlar uchun ham qoʻllanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 6-ILOVA
Kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari
1. Xronikal-hujjatli va oʻquv kinofilmlari uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari:
2. Ilmiy-ommabop kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari:
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 7-ILOVA
Kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga koʻra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari
1. Toʻla metrajli badiiy kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
2. Badiiy-publitsistik kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3. Multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3.1. Toʻla metrajli (5 va undan koʻp qismli) multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3.2. Kompyuter chizmasi asosida toʻla metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3.3. Qisqa metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
4. Toʻla metrajli badiiy filmlarni dublyaj qilganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka haqining eng kam stavkalari:
5. Toʻla metrajli badiiy filmlarni chet ellarda reklama qiladigan 1 qismli kinofilmlarni yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
6. Xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop va oʻquv kinofilmlari postanovkasi uchun suratga olish guruhi xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
6.1. Toʻla metrajli xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop va oʻquv kinofilmlari postanovkasi uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
6.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, voqeali, ilmiy-ommabop va oʻquv kinofilmlari postanovkasi uchun postanovka haqining stavkalari:
7. Xronikal-hujjatli kinoalmanaxlar va kinojurnallar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari:
Izoh:
Xronikal-hujjatli kinoalmanax — bir nechta hujjatli, voqeali sujetlar birlashmasi.
8. Kinosolnomalar uchun sujetlar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari:
Izoh:
1. Kinosolnoma — tarix uchun haqiqiy voqealarni suratga olish.
2. Ushbu ilovaning 1, 2, 6 va 8-bandlarida belgilangan haq toʻlash stavkalari video-telefilmlarni yaratishda haq toʻlashning belgilangan stavkalarining 75 foizi hisobidan qoʻllanadi.
