Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori) (7-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori) (7-son)
04.01.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasining pilla tayyorlash va pillakashlik korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining pilla tayyorlash va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasining Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 4-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda):
1-banddagi “Hasanov B.V.” soʻzlari “Qalandarov N.K.” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “tegishli ravishda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalarining qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalarining pilla yetishtiruvchilar bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovadan 70-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilgi pilla hosili uchun pilla tayyorlovchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 26-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II boʻlimining 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-martdagi 141-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1 va 2-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2004-yil 4-iyundagi 257-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 51-modda) 1-bandi va qarorga ilova.