Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (367-II-son)
05.04.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“A. Xolmaxmatovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2001-yil 10-dekabrda chiqargan Farmoni;
“Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-fevralda chiqargan Farmoni (10 band).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,
367-II-son
