Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1646-son)
21.12.2006
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-dekabrda 1646-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 256-son qarorining bajarilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
1. “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-noyabr,
355-son
