Tijorat banklari tomonidan bank kartochkalari chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1344-1-son)
13.12.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-dekabrda 1344-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” Qonunining 7, 17 va 51-moddalariga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan bank kartochkalari chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2004-yil 30-aprel, roʻyxat raqami 1344-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2004-yil, may, 3-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-noyabr,
28/5-son
