Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga (OʻZR AQ 67) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1186-2-son)
06.12.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-dekabrda 1186-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) talablarini joriy qilish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorati boshligʻining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 48-49-son, 498-b.) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kun muddat oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-oktabr,
118-son
