Vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda temir yoʻl transporti sohasida faoliyat olib boruvchi xodimlarning temir yoʻllardan texnik foydalanish qoidalari hamda yoʻriqnomalarni bilishini komissiya tuzib tekshirishni amalga oshirish boʻyicha nizomni tasdiqlash haqida (1645-son)
30.11.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YOʻLLARDA YUK VA YOʻLOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 30-noyabrda 1645-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2004-yil 2-martdan 101-son qarorining 1-bandiga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda temir yoʻl transporti sohasida faoliyat olib boruvchi xodimlarning texnik foydalanish qoidalari hamda yoʻriqnomalarni bilishini komissiya tuzib tekshirishni amalga oshirish boʻyicha nizom” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻining “Korxona va tashkilotlarning oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiruvchi xodimlarining texnik foydalanish qoidalari, yoʻriqnomalar talablarini bilishini komissiya tuzib tekshirish toʻgʻrisidagi” 2004-yil 10-iyundagi GI 1/6-7-9-son koʻrsatmasi, ushbu buyruq kuchga kirgach oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-oktabr,
51-son
