Samarqand viloyati mahalliy budjetining gʻazna ijrosi hisobi haqidagi vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1599-1-son)
25.11.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-noyabrda 1599-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) 18-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 12-iyuldagi 61 va 279-sonli “Samarqand viloyati mahalliy budjetining gʻazna ijrosi hisobi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash haqida” qaroriga (2006-yil 24-iyul, roʻyxat raqami 1599 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 296-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-noyabr,
97-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-noyabr,
279-V-1-son
