Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (256-son)
12.12.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-dekabr,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori bilan tashkil etilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi iqtisodiyotning suv isteʼmol qiladigan va suvdan foydalanadigan oʻzaro bogʻliq tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda suv resurslari keskin tanqis boʻlgan va vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyat sharoitlarida, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha chet el ijobiy tajribasidan foydalangan holda yagona iqtisodiy, ilmiy-texnik suv xoʻjaligi va meliorativ siyosatni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan kollegial organ hisoblanadi, uning tarkibiga turli vazirliklar va idoralar rahbarlaridan, irrigatsiya, drenaj va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat boʻlgan aʼzolar kiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining joʻnatiladigan xat-xabarlari Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ramzidan foydalangan holda maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining yuridik manzili: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyozi koʻchasi, 39-uy, “A” korpus.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining maqsadi, vazifalari va funksiyalari
8. Respublika suv xoʻjaligini rivojlantirishga, suv resurslaridan samarali, ehtiyotlab foydalanishga, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yagona iqtisodiy va ilmiy-texnik suv xoʻjaligi siyosatini hayotga tatbiq etishga eng yuqori darajada koʻmaklashish, Oʻzbekistonning tarixiy tajribasini hamda boshqa mamlakatlarning ijobiy tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirish asosida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va tabiiy muhitni ekologik sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqqan va amalga oshirgan holda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlaydigan sugʻorishning ilgʻor texnikasi va texnologiyalarini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
9. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi va uning doimiy ishchi guruhlari ishida ularning tarkibiga yetakchi mutaxassislar va olimlarni kiritish yoʻli bilan qatnashish, xalqaro kongresslar va mintaqaviy konferensiyalarni, shuningdek Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining seminarlari, simpoziumlari va boshqa anjumanlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
suv xoʻjaligini rivojlantirish sxemalarini tuzishni tashkil etishga koʻmaklashish;
suv xoʻjaligining, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari va tizimlarini modernizatsiya qilishning muammoli masalalarini koʻrib chiqish;
irrigatsiya, drenaj sohasidagi oʻzaro bogʻliq tarmoqlarning umumiy manfaatlarini muvofiqlashtirish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi boshqa milliy qoʻmitalari va xalqaro tashkilotlar tajribasini hisobga olgan holda suvlarning atrof muhit ekologiyasiga va shu kabilarga salbiy taʼsirini kamaytirish;
xalqaro tashkilotlarning samarali loyihalari natijalari boʻyicha, suv resurslarini boshqarish, yerlarni irrigatsiyalash va melioratsiyalash sohasida respublikada bajarilayotgan qoʻshma loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini tashkil etishga koʻmaklashish;
boshqa mamlakatlarning milliy qoʻmitalari bilan ilmiy, texnik va boshqa axborotlarni almashish yoʻli bilan boshqa mamlakatlarning sugʻoriladigan dehqonchilik borasidagi ilgʻor tajribasini targʻib qilish, eng yangi ilmiy va amaliy axborotlarni ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi bosma nashrlarida eʼlon qilish.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining rejadagi majlislarini tashkil etish va oʻtkazish;
suv resurslarini oqilona boshqarish, irrigatsiya va drenaj tizimlarini takomillashtirish, sugʻoriladigan yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash, daryolar oʻzanlarini tartibga solish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, shuningdek suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari boʻyicha davriy majlislar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish va oʻtkazishda yordam koʻrsatish;
kadrlar potensialini va tashkiliy potensialni rivojlantirish maqsadida irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, suv toshqinlarini tartibga solish sohasidagi mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari va vakillarining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining irrigatsiya va drenaj boʻyicha ishchi organlarida samarali ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish;
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining bosma nashrlarini (ilmiy jurnal, oylik va choraklik axborot nashrlarini) ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga aʼzo mamlakatlarning milliy qoʻmitalari oʻrtasida ilmiy-texnik axborotlarni oʻzaro almashishni tashkil etish;
Oʻzbekistonda irrigatsiya va drenaj muammolari boʻyicha ilmiy maqolalar va axborot tusidagi materiallarni Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining va Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan nashrlarida eʼlon qilishga koʻmaklashish;
irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, shuningdek suv resurslariga nisbatan tejamli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish boʻyicha jamoatchilik fikrini shakllantirish tadbirlarida qatnashish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan yosh mutaxassislar guruhlari ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
oʻz tarkibiga jamoa va yakka tartibdagi aʼzolarni qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga aʼzolik badallarining oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining har yilgi hisobotlarini tuzish.
III. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishlarini tashkil etish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatiga uning raisi — lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri rahbarlik qiladi.
12. Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi raisi rahbar organ — Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining Xalqaro Doimiy Kengashi aʼzosi hisoblanadi va Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining hisobot yilidagi faoliyati yakunlari boʻyicha Xalqaro Doimiy Kengashning har yilgi majlislarida qatnashadi.
13. Qoʻyilgan vazifalarning tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasida 7—9 kishidan iborat tarkibda Ishchi prezidium faoliyat koʻrsatadi. Ishchi prezidium aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolaridan, har ikki yilda ular tarkibiy sonining uchdan bir qismini almashtirish yoʻli bilan saylanadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlislarini joriy yilgi ish rejasiga muvofiq har chorakda bir marta tashkil qiladi va oʻtkazadi. Zaruriyatga koʻra, Ishchi prezidium qarori boʻyicha ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Ishchi prezidiumi va tegishli tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar va shu kabilar) tomonidan tavsiya etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisiga materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisi kun tartibiga kiritish uchun masalalarni tavsiya qilgan vazirliklar va idoralarning tegishli boshqarmalari, boʻlimlari tomonidan taqdim etiladi.
15. Suv va yer resurslaridan foydalanish, yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash va shu kabilar sohasidagi ayrim muhim va kompleks vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashining qoʻshma majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
16. Majlislar oraligʻida zudlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Ishchi prezidiumi tomonidan, tegishli qaror qabul qilgan holda koʻrib chiqiladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining tashkiliy-funksional vazifalari va majburiyatlarini bajarish rais oʻrinbosari (bosh kotib), ilmiy kotib, tarjimon va kotib-referentdan iborat tarkibdagi ishchi guruh tomonidan taʼminlanadi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlislari qarori majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashganda, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Rais va Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik boʻlganda rais paydo boʻlgan kelishmovchilik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda oʻz qarorini hayotga tatbiq qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz mulohazalarini yozma ravishda taqdim etishlari mumkin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini moliyalashtirish va hisobot berish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishchi guruhi faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi tomonidan Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga har yilgi aʼzolik badallarini toʻlash budjet mablagʻlari hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining umumiy smetasi doirasida amalga oshiriladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishchi guruhi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
21. Ishchi prezidium har yilgi ish rejasini ishlab chiqadi va yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi. Hisobot va ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisida koʻrib chiqilgandan keyin rais tomonidan tasdiqlanadi.
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining hisobot yilidagi faoliyati toʻgʻrisida axborot joʻnatiladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyati belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi
TARKIBI
Xamrayev Sh.R. — Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi raisi Muxamednazarov L.X. — Rais oʻrinbosari (Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi bosh kotibi) lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi Adxamjanov A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Ernazarov N.Sh. — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi Sanginov A.A. — “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Mirzayev T.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agrosanoat kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi boshligʻi Allabergenov N.I. — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Yerlar melioratsiyasi boshqarmasi boshligʻi Quchqorov Sh.Z. — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Suvdan foydalanish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasi boshligʻi Durmatov J.R. — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya tizimlaridan foydalanish boshqarmasi boshligʻi Shomayramov M.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshligʻi Myagkov S.V. — “Oʻzgidromet” markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari Abdullayev U.V. — “UZGIP” MChJ texnik direktori Maxmudov I.E. — Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sokolov V.I. — Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining GEF agentligi rahbari Tojiyev X.M. — “Suvloyiha” davlat unitar korxonasi bosh direktori Najimov M.F. — “Oʻzsuvloyiha” OAJ direktori Xikmatov F.X. — Oʻzbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, geografiya fanlari doktori Umirzaqov U.P. — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Maxramov M.Y. — “Amudaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmasining boshligʻi Irmatov F.M. — “Sirdaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari Mamatov S.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-tahlil va resurs markazi direktori
Izoh. Milliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, qoʻmita tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
