Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 18-apreldagi 156-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-son qarori) (251-son)
04.12.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 18-apreldagi 156-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-dekabr,
251-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 251-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 18-apreldagi 156-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
5-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati asosiy ishlab chiqarish sexlarining ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmasiga rozilik berilsin”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 3-ilovadagi “3” raqami chiqarib tashlansin.
