Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida” 2006-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-60-son qonuni) (246-son)
29.11.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida” 2006-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-60-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-noyabr,
246-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 24-bandga “qonunlar loyihalari esa “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ham javob berishi kerak” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 25-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida” soʻzlaridan keyin “hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 28-bandning birinchi xatboshidagi “yuridik texnika” soʻzlari “qonunchilik texnikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
