Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-65-son)
06.12.2006
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 29-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 1-dekabrda maʼqullangan
1-modda. 25-oktabr Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-dekabr,
OʻRQ-65-son
