24-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar, qishloqlar, maydonlar, koʻchalar, bekatlar, tarixiy obidalar va boshqa joʻgʻrofiy-hududiy oʻrinlarning nomlari yagona milliy shaklda beriladi va respublika davlat tilida yoziladi.
SSSR dagi va xorijiy mamlakatlardagi barcha joʻgʻrofiy nomlar oʻzbek milliy-tarixiy anʼalariga va oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlariga asoslangan holda oʻzbek tilida raqam etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida barcha tarixiy ismlar va joylarning nomlari xalqning milliy mulki hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
