22-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Muassasa, korxona, davlat va jamoat tashkilotlarining rasmiy muhrlari, tamgʻalari va ish qogʻozlarining matnlari respublika davlat tilida boʻladi, ruscha tarjimada takrorlanadi.
Milliy-madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamgʻalari va ish qogʻozlarining matnlari ular tanlagan tildan tashqari respublika davlat tilida boʻlishi shart.
Lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot vositalari respublika davlat tilida yoziladi va eʼlon qilinadi hamda rus va boshqa tillarda takrorlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yorliqlari, korxona belgilari, ulardan foydalanish yoʻl-yoʻriqlari, oʻzbek tilida hamda millatlararo muomala tilida boʻlishi taʼminlanadi.
Mamlakatning boshqa respublikalaridan yoki chet ellardan keltirilgan mahsulotni savdo idoralari va tashkilotlari oʻzbek tilida va millatlararo muomala tilida bitilgan yoʻl-yoʻriqlar bilan taʼminlashi lozim.
