20-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasida chiqadigan kitoblar, gazeta va jurnallar, davriy xabarnomalar asosan davlat tilida nashr qilinadi. Shuningdek, ehtiyojni hisobga olgan holda rus tili va boshqa tillarda ham nashr etiladi.
Televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlari asosan respublika davlat tilida olib boriladi. Shuningdek, eshittirishlar rus tilida va Oʻzbekiston Respublikasi hududida zich yashovchi boshqa millatlarning tillarida ham tayyorlanadi va olib boriladi.
Umumittifoq televideniye va radiosi koʻrsatuv va eshittirishlarini olib berish taʼminlanadi.
