17-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi respublika davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tilida darsliklar, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar nashr etilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida boshqa respublikalar bilan muayyan shartnomalar tuzgan yoki kelishgan holda rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman va boshqa tillarda oʻqitiladigan maktablar darsliklar, oʻquv-metodik, badiiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan taʼminlanadi. Shuningdek, qardosh respublikalarda yashayotgan oʻzbeklarni oʻzbek tilidagi oʻquv-metodik, badiiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi respublikadan tashqarida ham oʻzbek tilini asrash va rivojlantirishga, maorif va madaniyatni tariqqiy ettirishga yordam beradi.
