1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida amal qilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida rus tilini SSSR xalqlarining millatlararo muomala tili sifatida rivojlantirish va undan erkin foydalanish taʼminlanadi.
Milliy va rus, rus va milliy tillarda muloqot qilishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida yashab turgan barcha millat va elatlar tillarining erkin amal qilishini taʼminlaydi, ushbu tillar ravnaq topishi, ularga hurmat bilan munosabatda boʻlinishi uchun tegishli sharoit yaratadi
