9-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida (670-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
xoʻjalik shartnomalarini tuzishda yordam koʻrsatadi;
xoʻjalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini umumlashtiradi;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatlarining ishini tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
xoʻjalik shartnomasini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish jarayonida qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻyadi.
