24-modda. Xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida (670-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:
boshqa tarafga yetkazilgan zararni toʻlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, ushbu Qonunda, oʻzga qonunchilik hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha tarzda javobgar boʻladi.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik va lozim darajada bajarmaganlik uchun ushbu Qonunning 25 — 32-moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
