16-modda. Ichki xoʻjalik shartnomasini tuzish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida (670-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Ichki xoʻjalik shartnomasi, qoida tariqasida, xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning xodimi (bir guruh xodimlari) oʻrtasida tuziladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish yuzasidan ichki xoʻjalik shartnomalarining oʻzlari boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tuzgan xoʻjalik shartnomalaridagidan kam boʻlmagan hajmda tuzilishini taʼminlashlari shart.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ichki xoʻjalik shartnomalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 353 — 385-moddalarining normalari qoʻllaniladi.
