7-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida (763-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
oʻz aʼzolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish;
ommaviy axborot vositalarini taʼsis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
oʻz ramziy belgilarini taʼsis etish;
oʻz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yigʻilishlar, konferensiyalar oʻtkazish;
qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
