29-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari
Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida (763-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
kirish va aʼzolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan boʻlsa;
muassislardan, qatnashchilardan (aʼzolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulk;
ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
