Tashkillashtirilgan birjadan tashqari savdolarda koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (1640-son)
14.11.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-noyabrda 1640-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-335-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 140-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. “Tashkillashtirilgan birjadan tashqari savdolarda koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritiladi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-oktabr,
01/23-18/04-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-oktabr,
14-son
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-oktabr,
4-son
