Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1216-4-son)
07.11.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-noyabrda 1216-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-475-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladilar:
1. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga (2003-yil 12-fevral, roʻyxat raqami 1216) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-oktabr,
228-V-4-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-oktabr,
2006-12-son
