7-modda. Jamiyatning fondlari
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
7.1. Jamiyat oʻz faoliyati natijasida topgan va faqat oʻzi toʻliq tasarruf qilishi mumkin boʻlgan sof foyda hisobidan quyidagi fondlarni tashkil qilish huquqiga ega:
moddiy ragʻbatlantirish va isteʼmol fondi;
ishlab chiqarishni kengaytirish fondi;
zaxira fondi;
ijtimoiy rivojlanish fondi;
dividendlar toʻlov fondi;
7.2. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori bilan sof foydani taqsimlash miqdorlari oʻzgartirilishi yoki boʻlmasa yangi fondlar tashkil qilishi mumkin.
7.3. Jamiyatda Ustav Fondining kamida 15 (oʻn besh) foizi miqdorida zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi u aytilgan miqdorga yetgunga qadar yillik daromaddan ajratmalar ajratib berish yoʻli bilan tarkib toptiriladi. Zaxira Fondiga har yilgi ajratmalar miqdori 5 (besh) foizdan kam boʻlmasligi lozim. Jamiyatni faoliyat koʻrsatishi hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun boshqa Fondlar ham tashkil etiladi.
7.4. Jamiyatning sof foydasi hisobidan tashkil etilgan fondlar faqat jamiyatning oʻziga tegishli boʻlib boshqa tashkilot va idora organlari tomonidan olib qoʻyilishi yoki qaytadan taqsimlanishi mumkin emas.
7.5. Jamiyatning zaxira Fondi qurilgan zararni qoplash jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va ushbu Ustavga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun moʻljallanadi. Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
