16-modda. Jamiyatning masʼuliyati
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
16.1. Jamiyat shartnoma majburiyatlarini, kredit, hisob-kitob va soliq intizomini, texnikani taʼmirlaganda, mexanizatsiya yordamida ish bajarganda ishning sifatiga boʻlgan talablarni oʻz faoliyatini yuritishning boshqa tartib qoidalarini buzca Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan koʻzda tutilgan mulkiy javobgarlikka tortiladi.
16.2. Jamiyat atrof muhitni ifloslantirishdan muhofaza qilish va boshqa zararli taʼsirlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan talablarga rioya qilmaslik, ishlarning xavfsizligi qoidalarini, sanitariya gigiyena meʼyorlarini, xodimlar salomatligini saqlash talablarini buzganligi oqibatida yetkazilgan ziyonning oʻrnini toʻldirishga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan koʻzda tutilgan miqdorda jarima toʻlashga majbur.
