Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida (761-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Turar joy mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar shirkat aʼzolaridir.
Shirkat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab turar joy mulkdorlarining shirkatga aʼzoligi vujudga keladi.
Turar joyning sotuvchisi — shirkat aʼzosi xaridorni oʻzining shirkat aʼzosi ekanligidan hamda ustavda belgilangan huquqlarga egaligi va zimmasida majburiyatlar borligidan hamda bu huquq va majburiyatlar xaridorga oʻtishidan xabardor qiladi.
Shirkat aʼzolaridan turar joylarni olayotgan shaxslar oʻzlarida turar joyga mulk huquqi yuzaga kelganidan keyingina shirkat aʼzosi boʻladilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-10608
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 7-modda. Shirkatga aʼzolik Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida (761-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-10818/7 (lex.uz/docs/-10608)