“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (402-1-son)
11.06.1999
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-iyunda 402-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 5-ilovasi Vazirlar Maxkamasining 1999-yil 6-maydagi 225-sonli qaroriga muvofiq “maʼlumoti” soʻzidan keyingi “(toʻliqsiz oʻrta, oʻrta, toʻliqsiz oliy, oliy)” soʻzlar “(tugallanmagan umumiy oʻrta, umumiy oʻrta, tugallanmagan hunar-texnika, hunar-texnika, tugallanmagan oʻrta maxsus (kasb-hunar), oʻrta maxsus (kasb-hunar), tugallanmagan oliy, oliy, tayanch oliy (bakalavr), oliy (magistr)” soʻzlariga almashtirilsin.
