Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (157-son)
04.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat soliq xizmati organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda soliq toʻlovchilarga axborot xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblar taqdim etishda elektron hujjat aylanishini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda davlat soliq xizmati organlariga moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni taqdim etish amaliyoti joriy etilishiga koʻmaklashadigan zarur normativ-huquqiy baza yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2006—2010-yillarda soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2006—2010-yillarda soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishiga doir ishlar tashkil etilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-avgust,
157-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son qaroriga ILOVA
2006—2010-yillarda soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish
DASTURI
Izoh. Dasturni amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni moliyalashtirish davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik taʼminlash maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
