Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 1-ilovaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (501-son)
26.10.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nazarda tutilgan loyihalashtirish tashkilotlari roʻyxatidan yuridik shaxs boʻlmagan tuzilmalarni chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 1-ilovaga 8, 9, 56, 71, 82-87, 90, 93, 96 va 110-pozitsiyalar chiqarib tashlangan holda oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-oktabr,
501-son
