Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qarori) (231-son)
07.11.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 1-ilovadagi “Q. Aʼzamov — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari” soʻzlari “M. Hojimatov — Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
231-son
