Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1566-1-son)
03.11.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-noyabrda 1566-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-sonli “Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xoʻjalik korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 34-35-son, 340-modda) qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 14-martdagi 31, 1, 02-317-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizom”ga (2006-yil 1-may, roʻyxat raqami 1566) ilovaga* asosan oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-oktabr,
86-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-oktabr,
11-son
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-oktabr,
1072-son
