9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mudofaa sohasidagi vakolatlari
“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (211-II-son) · Sana: 11.05.2001 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini ishlab chiqadi, mazkur rejalarning ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy taʼminoti masalalarini hal etadi;
Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi va taʼminlanishini tashkil etadi;
qurol-yarogʻlar va harbiy texnika, strategik materiallar eksporti hamda importi ustidan nazorat olib boradi;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
