Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, toʻlanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1121-2-son)
27.10.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 27-oktabrda 1121-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 25-martdagi 47, 10-1-48, 2002-33-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, toʻlanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (2002-yil 11-aprel, roʻyxat raqami 1121 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 7-son)ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-sentabr,
83-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-sentabr,
01/12-18/02-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent
2006-yil 25-sentabr,
2006-42-son
