Budjet mablagʻlari taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish va yopish boʻyicha vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash haqidagi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1600-1-son)
25.10.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-oktabrda 1600-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti gʻaznachilik ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) 18-bandiga asosan buyuraman:
1. Budjet mablagʻlari taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish va yopish boʻyicha vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 59-son buyrugʻiga (2006-yil 24-iyul, roʻyxat raqami 1600 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 297-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-oktabr,
89-son
