Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (218-son)
26.10.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-oktabrdagi PF-3808-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Boshlangʻich razryadning miqdorida belgilangan eng kam oylik ish haqi tarif stavkasi Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi 120-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror 2006-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-oktabr,
218-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga 1-ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga 2-ILOVA
“Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 428-modda; 2007-y., 31-32-son, 322-modda, 46-47-son, 470-modda; 2008-y., 14-15-son, 104-modda)
