16-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikrini oʻrganish
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida (O‘RQ-60-son) · Sana: 11.10.2006 · Amalda
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini oʻrganishni, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida oʻrganishni tashkil etishga haqlidir. Qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish tartibi va shakli qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan belgilanadi.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash ular huquqiy ekspertizadan oʻtkazilguniga qadar amalga oshiriladi.
