22723-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-59-son) · Sana: 10.10.2006 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab oʻtib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻgʻri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
