22714-modda. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-59-son) · Sana: 10.10.2006 · Amalda
Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, yaʼni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qoʻyish, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
