Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1627-son)
05.10.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 5-oktabrda 1627-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-iyundagi 02-8-142-sonli Bayonining 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Ilova* qilinayotgan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda tasdiqlangan 10-01 va 111-V-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibi” (1999-yil 27-fevral, roʻyxat raqami 653);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 28-sentabrda tasdiqlangan 10-05 va 111-V-1-sonli Adliya vazirligida 1999-yil 27-fevralda 653-son bilan roʻyxatga olingan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibi”ga 1-sonli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar (1999-yil 30-sentabr, roʻyxat raqami 653-1);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 2000-yil 24-avgustda tasdiqlangan 95 va 111-V-2-sonli Adliya vazirligida 1999-yil 27-fevralda 653-son bilan roʻyxatga olingan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibi”ga 2-sonli oʻzgartirish (2000-yil 5-sentabr, roʻyxat raqami 653-2);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 2004-yil 28-apreldagi 56 va 111-V-3-sonli qarori (2004-yil 4-iyun, roʻyxat raqami 653-3 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 22-23-son, 268-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 2004-yil 15-oktabrdagi 113 va 111-V-4-sonli qarori (2004-yil 1-noyabr, roʻyxat raqami 653-4 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 44-son, 465-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 2004-yil 11-noyabrdagi 121 va 111-V-5-sonli qarori (2004-yil 18-noyabr, roʻyxat raqami 653-5 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 45-46-son, 482-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 2005-yil 15-avgustdagi 73 va 111-V-6-sonli qarori (2005-yil 8-sentabr, roʻyxat raqami 653-6 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 34-36-son, 270-modda);
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-sentabr,
82-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-sentabr,
281-V-son
