Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilingan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1622-1-son)
30.09.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 30-sentabrda 1622-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 43-44-sonlar, 328-modda) 2-bandi qoidalari tatbiq etiladigan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan talabalar doirasini aniqlashtirish maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarining 2006-yil 12-sentabrdagi 80 va 211-sonli qarori (2006-yil 14-sentabr, roʻyxat raqami 1622) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilingan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash qoidalari”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-sentabr,
85-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-sentabr,
229-son
