Ipoteka toʻgʻrisida (O‘RQ-58-son) · Sana: 04.10.2006 · Amalda
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan, undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida undiruv qaratilgan mol-mulk ushbu Qonunning 47-moddasiga muvofiq auksionda realizatsiya qilinadi.
Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv, agar u ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha ipotekaga oluvchilar ishtirokida tuzilgan boʻlsa, haqiqiydir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1063359
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 48-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida realizatsiya qilish Ipoteka toʻgʻrisida (O‘RQ-58-son). neolex.uz/uz/laws/law-1063361/48 (lex.uz/docs/-1063359)