42-modda. Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma
Ipoteka toʻgʻrisida (O‘RQ-58-son) · Sana: 04.10.2006 · Amalda
Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos;
kimoshdi savdosi oʻtkazilgan joy va vaqt;
kimoshdi savdosida olingan koʻchmas mol-mulkning nomi, tavsifi va taʼrifi, uning turgan joyi;
mol-mulkning avvalgi egasi boʻlgan ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
sotib oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
xarid narxi;
kimoshdi savdosini oʻtkazgan kimoshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan yeri.
Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma kimoshdi savdosi tashkilotchisining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
