Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-475-son)
27.09.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish, uning oshkoraligi va barqaror faoliyatini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi aksiyadorlik kompaniyalari hamda fond tuzilmalari bilan birgalikda ishlab chiqqan 2006-2007-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
korxonalarni toʻliq davlat tasarrufidan chiqarish va yangi aksiyadorlik jamiyatlari tuzish hisobiga qimmatli qogʻozlar birlamchi bozorini yanada rivojlantirish;
qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozori miqyoslarini jadal rivojlantirish va kengaytirish;
fond bozorining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
qimmatli qogʻozlar bozori uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishni yaxshilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ijro etuvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturdagi chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunga auditor tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz shaxsiy kapitali miqdori doirasida;
keyingi uch yil ichida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik jihatidan ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, auditor tashkilotining xulosalari bilan tasdiqlangan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan OAJlar;
emitentlar tomonidan investorlarga tegishli mablagʻlarni toʻlash boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklarining ishtirokida amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar belgilansin:
aksiyadorlik jamiyatining har yilgi biznes-rejasi kelgusi moliya yilining 1-dekabridan kechiktirmay kuzatuvchi kengash majlisida maʼqullanishi lozim;
aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari qonunda belgilangan korporativ boshqaruv normalariga rioya etish boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida har yili hisobot beradilar;
aktivlarining balans qiymati 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlgan korxonalarda, aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming karrasidan koʻproq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida esa ichki audit xizmatlari tashkil etiladi, mazkur xizmatlar kuzatuv kengashlari tomonidan tayinlanadi va ularga hisobot beradi;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvarigacha Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha amaldagi qonun hujjatlarining qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq unifikatsiyalash va takomillashtirish nazarda tutilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-sentabr,
PQ-475-son
