3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida (O‘RQ-57-son) · Sana: 28.09.2006 · Amalda
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarning buzilishidir.
