“25-modda. Taʼlimni boshqarish davlat idoralari bilan davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarining oʻzaro munosabatlari
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (884-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq bunday faoliyat bilan shugʻullanish uchun ruxsat (litsenziya) olganlaridan keyingina taʼlim berish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunlari buzilgan hollarda davlat taʼlim boshqaruv organlari nizo sud tartibida hal etilgunga qadar bu muassasalar faoliyatini toʻxtatib turishga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ularning rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida taklif kiritishga haqlidir.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalariga qabul davlat oʻquv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi”.
4. 38-moddaning oltinchi xatboshisidagi “ayrim fuqarolar” va yettinchi xatboshisidagi “fuqarolari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 39-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini qoʻlga kiritadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
884-XII-son
