“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida (875-XII-son)
07.05.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.06.1996
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni taʼsis etilsin.
2. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
3. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni taʼsis etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 16, 246-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
10-moddaning “b” bandi “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12-modda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor” boʻlimidan keyin quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni respublika chorvachiligi, parrandachiligi va asalarichiligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan davlat, jamoa, fermer, ijarachi va shaxsiy xoʻjaliklarning, shuningdek oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot, zooveterinariya muassasalarining va loyiha tashkilotlarining yuqori malakali xodimlariga beriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
875-XII-son
1993-yil 7-may kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan “TASDIQLANGAN”
“OʻZBEKISTONDA XIZMAT KOʻRSATGAN ChORVADOR” FAXRIY UNVONI TOʻGʻRISIDA
NIZOM
1. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni respublika chorvachiligi, parrandachiligi va asalarichiligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan davlat, jamoa, fermer, ijarachi va shaxsiy xoʻjaliklarning, shuningdek oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot, zooveterinariya muassasalarining va loyiha tashkilotlarining yuqori malakali xodimlariga beriladi”.
2. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjalik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan beriladi.
3. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni berish toʻgʻrisidagi iltimoslar, odatda, mukofotga taqdim etilayotgan shaxs ishlab turgan jamoa muʼmuriyati hamda kasaba uyushmalari tashkiloti tomonidan yuqori turuvchi organ yoki tashkilot oldiga qoʻyiladi.
Iltimoslar, shuningdek, shahar va tuman hokimliklari tomonidan ham qoʻyilishi mumkin.
4. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan kishilarga belgilangan namunadagi guvohnoma va koʻkrakka taqiladigan nishon topshiriladi.
5. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” Nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
6. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” guvohnomasi va koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali va keng oshkoralik vaziyatida topshiriladi.
7. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mahrum etishi mumkin.
