Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (202-son)
20.09.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Garov huquqlarini roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy bazani tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-sentabr,
202-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-sentabrdagi 202-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 8-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 3-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligida veksellarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1995-yil 2-iyundagi 204-son qarorining 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 6-son, 19-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish haqida” 1997-yil 8-apreldagi 178-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 4-son, 15-modda).
