Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419-son qarori) (197-son)
15.09.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-sentabr,
197-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotning normativ qoldigʻi toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 167-son qaroriga 1-ilovada “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
