161-modda. Mikrokredit tashkilotlarida axborotning maxfiyligi
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida (O‘RQ-53-son) · Sana: 20.09.2006 · Amalda
Mikrokredit tashkilotlari oʻz qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari hamda hisobvaraqlari boʻyicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari aʼzolari, ichki audit xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari boʻyicha, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalar boʻyicha sirni saqlashi shart.
Maxfiy axborot oʻziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan bu axborot oʻziga maʼlum boʻlib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
